

12 iyuldan boshlab o'z qarorgohida 2-davraga tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Dastlab tarkibdagi o'zgarishlarga kelsak, jamoani rasman yosh darvozabon Muxammadmirzo Zokirov tark etdi, hujumchi Islom Karimov esa oliy liga vakili Qo'qon-1912 jamoasida ko'rikdan o'tmoqda. Jamoaning qolgan barcha a'zolari mashg'ulotlarga ishtirok etishmoqda. Jamoaga ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan Yozyovon-Lochinlari jamoasi yarim himoyachisi Xabibullo Buvatoev kelgusi faoliyatiUzDongJu jamoasida davom ettirishi deyarli aniq bo'lib qoldi. Ushbu yig'in 19 iyulgacha davom etadi.
21 iyuldan boshlab mashg'ulotlar Toshkent viloyati Qiziltog' shaharchasida davom ettiriladi. Ushbu yig'inda futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklariga etibor qaratilishidan tashqari bir kator jamoalar bilan sinov nazorat o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
UzDongJu FK matbuot kotibi Sherzodbek Mamadaliev tayyorladi.



