Usmon Toshev: "Jaziramada futbol o'ynash oson emas"
Mirjalol Normatov
7 iyul 2018, 19:20
"CAFA U-16 Championship" doirasida Qirg'iziston termasiga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Usmon Toshev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin oson bo'lmadi. Ruhiy, jismoniy tomondan ikki tomon ham anchagina qiynaldi. Bunday issiq havoda, aytish kerak bo'lsa, jaziramada o'ynash oson bo'lmadi. Natijadan, o'yin sifatidan qoniqdim. Shogirdlarimga rahmat aytaman", - dedi Usmon Toshev.