

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 12-daqiqasida "kanonirlar" futbolchisi Martinelli hisobni ochdi, biroq hakam Pol Terni VARga murojaat qildi va Eriksenga qarshi qo'pollik ishlatilgani sababli ushbu golni bekor qildi.
Shundan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so'zlar avj oldi. Kimdir hakamning qarorini qo'llab-quvvatlasa, yana kimdir uning ustidan "mag'zava ag'dardi".
Engil atletikaning qisqa masofaga yugurish bahslarida bir necha bor Olimpiada chempioni Useyn Bolt ham Tvitter sahifasida mazkur holatga munosabat bildirib, uni "Aniq qo'pollik" deya atadi.
Eslatib o'tamiz, Bolt "Manchester Yunayted" muxlisi sanaladi.



