Upamekano: "Messi – dunyodagi eng aqlli o'yinchi. Uni ko'zdan qochirmaslik lozim"

Administrator
15 fev 2023, 00:07
Futbolchi o'zaro to'qnashuvdan oldin Messi haqidagi fikrlarini aytdi.

"Bavariya" klubi futbolchisi Dayo Upamekano Lionel Messini dunyodagi eng aqlli o'yinchi deb atadi.

"Uni qo'riqlamasangiz, muammolar kelib chiqadi. Fikrimcha, Messi – dunyodagi eng aqlli o'yinchi. U sizning harakatlaringizni kuzatadi va sizni o'rganib oladi. 

U ko'zdan panada bo'lishga urinadi. Shuning uchun ham uni ko'zdan qochirmaslik kerak. Bo'yi baland bo'lmagani sabab Messini ko'rmay qolish ham mumkin. Siz vaziyatni anglaguningizcha, Messi pas berib bo'ladi", -deydi Upamekano. 

Ma'lumot uchun, bir soatdan so'ng "Bavariya" YCHL doirasida PSJ bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: goal.com