Umarali Rahmonaliev: "Dastlab Yevropada o'ynab, faoliyatimni "Navbahor"da tugatmoqchiman"

Alisher
7 may 2022, 13:00
"Bunyodkor"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev "Navbahor" bilan o'yindan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin shunday suratda kechishi, ko'plab muxlislar tashrif buyurishi kutilgan edi. Yomon uchrashuv o'tkazmadik. Lekin natija biz kutgandek bo'lmadi.

"Navbahor" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Xudo xohlasa faoliyatimni "Navbahor"da tugatish niyatim bor. Undan oldin Yevropada o'ynamoqchiman", - deydi Umarali Rahmonaliev.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia