Rossiyaning "Rubin" klubi Umarali Rahmonalievga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
12 iyul 2022, 20:34
"Rubin" "Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonalievga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

2003 yilda tug'ilgan futbolchi ushbu mavsumda Superligada 10 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. 

Futbolchining "qaldirg'ochlar" bilan amaldagi shartnomasi shu yil yakuniga etadi. 

"Rubin" Rahmonalievni ushbu yozdayoq xarid qilmoqchi. Agar u sotilmasa, yil so'ngida jamoadan tekinga ketishi mumkin.

Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholamoqda.

Ma'lumot o'rnida, "Rubin" o'tgan mavsumda RPLda 15-o'rinni egallab, FNLga tushib ketgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia