

2003 yilda tug'ilgan futbolchi ushbu mavsumda Superligada 10 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
Futbolchining "qaldirg'ochlar" bilan amaldagi shartnomasi shu yil yakuniga etadi.
"Rubin" Rahmonalievni ushbu yozdayoq xarid qilmoqchi. Agar u sotilmasa, yil so'ngida jamoadan tekinga kyetishi mumkin.

Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholamoqda.
Ma'lumot o'rnida, "Rubin" o'tgan mavsumda RPLda 15-o'rinni egallab, FNLga tushib ketgan edi.



