"Rubin" Rahmonalievni ushbu yozdayoq o'z tarkibida ko'rmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 avg 2022, 18:35
"Championat.Asia" ma'lumotlariga ko'ra, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev yaqin orada Rossiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Qozon klubi yaqinda Rahmonilev transferini ijobiy hal qilgandi va xavbek Coca Cola Superligasi joriy mavsumi yakuniga etgach, qishda "Rubin" safiga qo'shilishi lozim edi. Biroq "Rubin" 19 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasining o'zida qo'lga kiritmoqchi.

Ayni paytda klublar tovon puli borasida muzokaralar olib borishmoqda. Bizga ma'lum bo'lishicha, "Rubin" "Bunyodkor"ga taklif bilan chiqqan. Agar tomonlar kelisha olishmasa, yarim himoyachi Rossiyaga qishda tekinga ketadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia