

Poytaxt derbisining asosiy qahramonlaridan biri "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev bo'ldi. "Paxtakor" darvozasiga 2 ta gol urgan iqtidorli futbolchining fikrlari bilan qiziqdik:
"Toshkent derbisi har doimgidek qiziq o'tdi. Bugun qiyin bo'lishini bilardik. Lekin murabbiylarimiz raqibni yaxshi o'rganganliklari bizga qo'l keldi. Shukr, o'ylagan rejalarimizning barchasi amalga oshdi va g'alaba qozondik",- deydi Umarali Rahmonaliev.

- "Bunyodkor" 2-taymda ajoyib futbol ko'rsatdi. Oldingi o'yinlarda jamoaga nima yetishmayotgandi?
- Faqat omad deb o'ylayman. Vaziyatlarni yakunlash borasida jiddiy muammolarga duch kelayotgan edik.
- Sizni tayanch nuqtasida ham ko'rganmiz. O'zizngiz uchun himoyaga ixtisoslashish qulaymi yoki hujumga?
- O'zimni ko'proq oldingi chiziqda yaxshi his qilaman. Jamoaga ham hujum ortida ko'proq foydam tegsa kerak.



