

"Birinchi o'rinda mavsum starti bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, 1-tur bo'lgani bois "Bunyodkor"da ham, bizda ham hayajon sezildi. Nimadir o'xshadi yoki aksincha. Biroq ikki jamoa ham ochko oldi", – deya gap boshladi Baqoev.

- "So'g'diyona" oxirgi 10 daqiqalikdagina o'ziga o'xshadi. O'yin tomondan ustunlik to'liq raqib tomonida bo'ldi. Bu keyingi uchrashuvlarda pand berib qolmaydimi?
- Birinchi 5 ta turda bunday holat bo'lib turadi. Buni hayajon bilan bog'lagan bo'lardim.

- "So'g'diyona"ning hamma o'yiniga VAR qo'yilishini istaysizmi yoki aksincha?
- Imkoniyat bo'lsa, VAR'ga qarshi emasmiz. Umuman olganda, bunga javob beradigan insonlar bor. Bizga farqi yo'q.
Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Oxirgi daqiqalarda gol urib ketishimiz mumkin edi. Ruhiy tomondan ishlashimiz kerak.



