Ukraina terma jamoasi o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qildi

8 okt 2020, 09:50
Fransiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Ukraina termasini 7:1 hisobida engdi.

Bu Ukraina terma jamoasi tarixidagi eng yirik hisobdagi mag'lubiyat bo'ldi. Ukrainlar bungacha faqat 4 ta gol o'tkazib mag'lub bo'lgandi xolos. Jumladan, Ukraina terma jamoasiga 4 ta gol urib yutganlar quyidagi jamoalar edi: Ispaniya (2 marta), Xorvatiya, Chexiya, Slovakiya, Fransiya, Ruminiya va Germaniya.

Fransiya terma jamoasi esa 2014 yildan beri ilk bor 7 ta gol urdi. 2014 yilda francuzlar Yamayka termasini 8:0 hisobida yutgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tribuna.com