

Bahsda hisob ilk bo'limning hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida donecliklar yarim himoyachisi Alan Patrik tomonidan ochildi. Keyin esa ikkinchi bo'lim tugashiga 10 daqiqa qolganida Nikita Burda oradagi farqni tenglashtirdi. Ushbu goldan biroz o'tib, kievliklar a'zosi Denis Garmash g'alaba to'pini kiritib, uchrashuvga nuqta qo'ydi.
Shu tariqa, Dinamo Kiev o'z tarixida sakkizinchi bor Superkubok egasiga aylandi va bu borada eng ko'p titul sohibi, yani, bugungi raqibi Shaxtyorga tenglashib oldi.
Dinamo Kiev – Shaxtyor 2:1 (0:1, 2:0)
Chernomorec stadioni.
Gollar: 0:1 – 45 Alan Patrik, 1:1 – 80 Burda, 2:1 – 83 Garmash.
Dinamo Kiev – Boyko, Mikolenko, Burda, Kendzera, Kadar, Garmash (Sidorchuk, 84), Karavaev (de Pena, 68), Verbich (Citaishvili, 73), Shepelev, Buyalskiy, Besedin.
Shaxtyor – Pyatov, Xocholava, Krivcov, Ismaili, Bolbat, Alan Patrik (Dentino, 87), Stepanenko, Marlos, Solomon (Tete, 66), Tayson, Moraes.
Ogohlantirishlar: Xocholava (29), Buyalskiy (45), Kadar (72).



