Ukraina El Klassikosida “Dinamo”ning qo'li baland keldi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2017
Ukraina premer ligasining ikkinchi turida markaziy uchrashuv – azaliy raqiblar “Shaxtyor” va “Dinamo” (Kiev) o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 46-daqiqasida kievliklar futbolchisi Mbokani zng qanotdan uzatib berilgan to'pni Pyatov qo'riqlayotgan darvozaga aniq yo'lladi. Natijada ushbu gol “Dinamo”ga safarda g'alaba principial raqib ustidan muhim g'alabani keltirdi.

Ukraina chempionati, 2-tur.

ShaxtyorDinamo – 0:1 (0:0)

Xarkov. Metallist stadioni.

Gol: Mbokani 46

Shaxtyor: Pyatov, Srna, Krivcov, Rakickiy, Ismaili, Alan Patrik (Blanko-Leshhuk 86), Stepanenko (Kovalenko 65), Marlos, Bernard (Dentino 78), Tayson, Ferreyra.

Bosh murabbiy: Paulu Fonseka.

Dinamo: Koval, Morozyuk, Vida, Xacheridi, Kadar, Yarmolenko, Sidorchuk, Shepelev, Gonsales (Cygankov 71), Garmash (Korzun 80), Mbokani (Besedin 77).

Bosh murabbiy: Aleksandr Xackevich.

Ogohlantirish: Gonsales 53, Koval 68, Sidorchuk 84, Xacheridi 85, Korzun 88, Marlos 89.

Hakam: Yuriy Mojarovskiy



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia