Ukraina chempionati. “Shaxtyor” “Chernomorec”ni yirik hisobda engdi

17 fev 2018, 00:46
Ukraina chempionatida e'lon qilingan tanaffusdan keyin yana prmeer liga bahslari davom ettirildi.

“Shaxtyor” Xarkovdagi “Metallist” stadionida “Chernomorec”ni qabul qilib, yirik 5:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.

“Konchilar” safida Marlos va Fakundo Ferreyra “dubl”ga erishgan bo'lsa, yana bir gol Viktor Kovalenko hisobiga yozildi.

“Shaxtyor” ushbu g'alabadan keyin ochkolari sonini 45 taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Chernomorec” esa 17 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia