UEFA yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
17 avg 2023, 19:29
UEFA 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun da'vogarlar uchligini e'lon qildi.

Ro'yxatga Kevin De Bryuyne, Erling Holand (ikkalasi ham "Manchester Siti") va Lionel Messi (o'tgan mavsumda "Pari Sen-Jermen") kiritilgan.

G'olib nomi 31 avgust kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UEFA