

Joriy mavsum "Tottenxem"ni 2:0 hisobida engib Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan "Liverpul" jamoasi, Yevropa ligasi sohibi "Chelsi"ga qarshi yana bir super sovrin uchun kurash olib boradi.
UEFA Superkubogining 44-o'yini sifatida tarixdan joy oladigan bahs 14 avgust kuni Istanbul shahrida joylashgan "Vodafon-Arena" stadionida o'tkaziladi.



