

Unga ko'ra, "Bavariya" bilan musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgan Robert Levandovski mavsumning "eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. Robert so'rovnomada "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va jamoadoshi Manuel Noyyerdan ko'proq ovoz to'pladi. Biroz oldinroq esa polshalik forvard "eng yaxshi hujumchi" mukofotini ham qo'lga kiritgandi.
Shuningdek, Levandovski 2019/20 yilgi mavsum 15 ta gol bilan YCHL to'purariga ham aylangan.




