

Bugungi uchrashuv biz uchun birinchi rasmiy o'yin bo'lishiga qaramay, asosini yoshlar tashkil etgan Dinamo jamoamiz bugun ancha tajribali bo'lgan raqib Neftchi bilan o'yinda yomon taassurot qoldirmadi. O'yin davomida yaxshi harakat qildik. Ammo birgina vaziyat yo'llanma taqdirini hal etdi. Klub joriy yilda tarkibni yangitdan shakllantirib, Birinchi Ligadan Oliy Ligaga qaytishni ko'zlagan. Bu mavsumning boshlanishi. Umid qilamanki, biz yaxshi tayyorgarlik ko'rib oldimizdagi vazifani bajaramiz - deydi Dinamo murabbiyi Uchqun Qobilov.



