U19 terma jamoasi Vengriyaga uchib keta olmadi

Nadirkhuja Yuldashev
6 iyul 2014, 17:15
Kecha tunda Toshkent - Istanbul - Budapesht yo'nalishi bo'ylab Vengriya poytaxtiga uchishi kerak bo'lgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamon Toshkentda.
Turk havo yo'llari xizmatidan foydalangan vakillarimiz, kecha samolyotdagi nosozlik tufayli ucha olmaganlar. Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, terma jamoamiz bugun huddi shu yo'nalish bo'ylab tungi soat 03:05da parvoz qiladilar.

Texnik nosozlik kuzatilgan uchoqda ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu boisdan bugun Turkiyadan 320 kishiga mo'ljallangan katta samolyot uchib keladi va bugungi mijozlarga qo'shib, kecha reysdan qolgan kishilarni ham olib ketadi.

Huddi shu reys orqali Braziliyaga uchishni reja qilgan O'zbekiston muxlislar klubi rahbari Abduraxmon Fozilovning ham rejalariga o'zgartirish kiritilgan.

Shu o'rinda, bir ma'lumotni aytib o'tishimiz lozim. FIFA.uz loyihasi uchun super sovg'a - Taylanddagi Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'ygan Abduraxmon Fozilov, Braziliyadan qaytgach g'olibni rasman taqdirlaydi.

"Yoshligimdan JCHga borishni orzu qilar edim. Bugun niyatim amalga oshdi. Braziliyaga ketishimda O'FFning aloqasi yo'q. Yarim finalning ikki o'yinini bevosita stadiondan kuzataman, afsuski final o'yini uchun chipta harid qila olmadim, boisi tugab qolgan edi. Nasib qilsa JCH yarim finali atrofidagi eng qiziqarli lavhalarni shu sayt orqali e'tiboringizga taqdim etib boraman", - deydi Fozilov.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia