U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qachon qur'a tashlanishi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
15 may 2025, 13:23
Osiyo futbol konfederatsiyasi 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlash sanasini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, marosim 29 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpurdagi OFK qarorgohida o'tkaziladi.

Jamoalar oxirgi 3 ta musobaqadagi ko'rsatkich bo'yicha savatchalarga taqsimlangan. O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan. Saralash bosqichiga Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Qirg'iz Respublikasi, Myanma, Qatar, Tojikiston, Tailand, BAA va Vetnam mezbonlik qiladi.  

Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan musobaqaning saralash o'yinlari 1-9 sentyabr kunlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com