U-21 Yevropa chempionati. Zanolo va Kin terma jamoadan chetlatildi

Eldor Akmurzayev
22 iyun 2019, 22:15
21 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan Italiya termasi bugun Belgiyaga qarshi o'ynaydi.

Mazkur bahs oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarga Yuventus forvardi Moyze Kin hamda Roma yarim himoyachisi Nokola Zanolo kech qolishgan. Shu sababdan, terma jamoa ustozi Luiji Di Byajo ikkala futbolchini ham chetlatishga qaror qilgan. 

Zanolo diskvalifikaciya tufayli bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishi aniq edi. Kin esa asosiy tarkibda tushishi kutilayotgandi. Agar italiyaliklar keyingi bosqichga yo'l olsa, chetlatilgan futbolchilarning yana safga qaytish yo qaytmasligi hozircha ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, Belgiya – Italiya to'qnashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Il Romanista