

Keyingi yil Bahrayn mezbonlik qiluvchi yoshlar o'rtasiidagi Osiyo chempionatiga chiqqan barcha 16 terma jamoaning nomi ma'lum bo'ldi.
OCH-2016ga chiqqan barcha jamoalar: Bahrayn, O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Eron, Iroq, Vetnam, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Tailand, KXDR, Yaman.
Ma'lumot uchun, U-19 Osiyo chempionati 2016 yil Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tadi. Musobaqa 13 oktyabrda boshlanib 30 oktbyar kuni yakuniga etadi. Qita chempionatida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.



