U-19 Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni birinchi - yarim finalchi!

Narzulla Saydullayev
23 okt 2016, 21:35
Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi chorak final uchrashuvi yakunlandi.

Iroq va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi bahsning asosiy vaqtida durang qayd etildi. 65-daqiqada Rakan Alanaze hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tgach Abdulrahmon Al Yami Iroq darvozasiga ikkinchi golni urdi. Ikki to'p farqi 10 daqiqa ichida yo'qqqa chiqdi. 75-daqiqada Sajjad Hussayin Obid hisobni qisqartirdi. Besh daqiqadan so'ng uning jamoadoshi Mazen Fayyod muvozanatni tiklab qo'ya qoldi - 2:2.

Qo'shimcha taymlarda jamoalar gol ura olishmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Futbol lotoreyasida omad Saudiya Arabistoniga kulib boqdi - 6:5. Shunday qilib, ushbu jamoa Osiyo chempionatida yarim finalga chiqish bilan birga U-20 JaHon chempionati yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi.

Saudiya Arabistoni yarim finalda O'zbekiston yoki Eron jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi.


Chorak final
Iroq - Saudiya Arabistoni 2:2 (penaltilar seriyasi 5:6)
Gollar:
Sajjad Hussayin 75, Mazin Fayod 80 - Rakan Alanaze 65, Abdulrahmon Al Yami 70.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia