U-19 Osiyo chempionati. Musobaqani Tojikistonga qarshi o'yin bilan boshlaymiz

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 08:09
Kecha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tojikiston, Avstraliya va Xitoy bilan "D" guruhidan joy oldi.

Jasur Abduraimov shogirdlari qita chempionatini Tojikistonga qarshi o'yin bilan boshlashadi. Bu o'yin 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Uch kundan so'ng termamiz Avstraliya bilan kuch sinashadi. Nihoyat guruhning so'nggi turida futbolchilarimiz Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

"D" guruhidan chorak finalda chiqqan jamoalar "C" guruhi jamoalariga qarshi o'ynaydi. Ushbu kvartetda Qatar, Yaponiya, Yaman va Eron o'rin olgan.


Guruh bosqichi taqvimi:
15 oktyabr
O'zbekiston - Tojikiston
Xitoy - Avstraliya

18 oktyabr
Tojikiston - Xitoy
Avstraliya - O'zbekiston

21 oktyabr
O'zbekiston
- Xitoy
Avstraliya - Tojikiston

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia