

Osiyo futbol konfederatsiyasi Shri-Lanka o'smirlar terma jamoasini ma'lum sabablarga ko'ra U-17 Osiyo Kubogi saralash bosqichida ishtirok etolmasligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Shri-Lanka U-17 terma jamoasi saralash bosqichining "J" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Bruney, Koreya Respublikasi va O'zbekistonga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi musobaqa uchun qaydnomasini e'lon qilgan edi.



