Tuxel transferlar uchun 200 million funt oladi: "Chelsi" kimni olmoqchi ekanligi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
25 may 2022, 07:57
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda transferlar uchun 200 million funt ishlatishi mumkin.

Klubning bo'lajak xo'jayinlari yangi xaridlar uchun aynan shuncha miqdorda pul ajratmoqchi. 

"Chelsi" Ryudiger, Kristensenning ketayotgani sabab himoya chizig'ini mustahkamlamoqchi. 

"Aristkratlar" Jyul Kunde ("Sevilya") va Yoshko Gvardiol ("Leyptsig") kabi futbolchilarni sotib olmoqchilar. 

"Chelsi" shuningdek "Monako"dan Tchuamenini xarid qilmoqchi edi, biroq xavbek "Real"ga o'tishni maqul ko'rmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph