Tuxel PSJ rahbarlaridan germaniyalik futbolchini xarid qilishni so'radi

22 dek 2019, 11:56
Nemis mutaxasisi vatandoshini o'z klubi safida ko'rishni xohlamoqda.

RMC xabariga  ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Emre Jan yanvarda jamoani tark etishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga PSJ da'vogarlik qilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel Parij klubi rahbariyatidan Jan bilan shartnoma imzolash uchun bor kuchini sarflashni so'radi.

"Yuventus"ga Janning o'rniga Leandro Paredes taklif qilinishi kutilmoqda. Turinliklar bu taklifni rad etgan taqdirda PSJ 35 million evro to'lashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC