Tuxel Neymar va Mbappening ketishi mumkinligidan xavotirda emas

Mirjalol Normatov
23 may 2019, 23:41
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Neymarning jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.


"Mbappe har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan va shu boisdan u shunday darajalarga yetib keldi. Har bir futbolchi o'z orzulariga yetishishi uchun o'zi javobgar bo'lishi kerak, xalqdan buni kutish esa noo'rin. Kilian barcha turnirlarda ko'proq gollar urishni istaydi. Bizga esa aynan shunday futbolchilar kerak.

Albatta, u va Neymarning jamoada qolishini istayman. Biroq ketsa ham biz ularning o'rnini bosadigan boshqa futbolchilar topa olamiz", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football