Tuxel debyutdan so'ng: "Agar shunday o'ynasak natija keladi. Menga yoqdi"

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2021, 07:55
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menga bo'lgan munosabat, jamoaning darajasi va kuchi menga yoqdi. Biz o'yinni yaxshi tashkil etdik, raqib tomonda to'pni ko'p olib qo'ya oldik. 

Ikkinchi bo'limda esa daqiqa sayin kuchaydik. Men o'yindan xursandman. Afsuski gol kirita olmadik, ammo shunday o'ynashda davom etsak natija o'z-o'zidan keladi. 

Bu menga Dortmunddagi o'yinimizni eslatdi. Kecha bizda juda yaxshi mashg'ulot bo'lgandi: 21 yigit, barcha uyg'ondi Bitta mashg'ulot va ikkita uchrashuvdan keyinoq mana shunday darajada o'ynay olishimizni kutmagandim. Bu kelajak yaxshi ekanligini ko'rsatmoqda", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC