Tuxel “Chelsi”da Skolarining rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
13 mar 2021, 20:00
Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan “Lids” – “Chelsi” bahsida (0:0) hisob ochilmadi.

Londonliklar Tomas Tuxel qo'l ostida dastlabki 12 o'yinni mag'lubiyatsiz yakunlashdi. “Chelsi” ularning 8 tasida zafar quchgan bo'lsa, 4 tasida durang o'ynadi. Jamoa qatorasiga 5 o'yindan beri o'z darvozasidan gol o'tkazmayapti.

Tuxel ilk o'yinlardagi mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha 2008 yil Luis Felipe Skolari tomonidan o'rnatilgan klub rekordini takrorladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta