Tuxel "Arsenal" haqida: "Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Oldimizda o'ta qiyin yo'l kutmoqda"

Administrator
16 mar 2024, 00:40
Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final bosqichiga qur'a tashlandi.

"Bavariya" klubi bu bosqichda Angliyaning "Arsenal" jamoasiga to'qnash keladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel bo'lajak raqib haqida fikr bildirdi.

"Oldimizda o'ta qiyin yo'l kutmoqda. Bu tasavvur qilish mumkin bo'lgan eng qiyin yo'ldir. Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs kutib turibdi."Arsenal" oxirgi ikki mavsumda juda barqaror va eng yuqori sifatdagi o'yin ko'rsatmoqda. Bu juda xavfli jamoa – ular juda ko'p gol urishadi. Biroq, biz bunga tayyor bo'lamiz. O'z sifatlarimizni yaxshi bilamiz", -deydi Tomas Tuxel.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: fcbayern.com