"Turon" ko'tarinki kayfiyatda "Xorazm" bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2020, 15:13
Islom Ismoilov boshqaruvidagi "Turon" jamoasi vakillari PRO-Liga 1-turidan o'rin olgan Urganchning "Xorazm" klubiga qarshi tayyorgarlik jarayonini boshlashdi.

Qiziqarli va quvnoq kayfiyatda o'tgan jamoa mashg'ulotlarida futbolchilarning texnik va jismoniy imkoniyatlarini oshirish borasidagi mashqlar olib borildi.

Ma'lumot uchun, "Xorazm"ga qarshi o'yin 3-iyul, juma kuni "Turon" klubiga tegishli bo'lgan "O'zbekiston" o'yingohida bo'lib o'tadi. Quyida kechagi mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingi mumkin.

O'zbekiston kubogidagi yurishini erta yakunlagan "Turon" futbolchilarining kayfiyati a'lo darajada ekanligini sezish qiyin emas.



Jamoa a'zolariga mashg'ulotlarda foydalaniladigan barcha inventar jihozlar va qulayliklar yaratib berilgan.


10-raqamdagi Javohir Sohibov joriy mavsumda jamoaning yetakchisi bo'lishi kutilmoqda. Uning boy tajribasi Superliga yo'llanmasi uchun kurashda foyda berishi aniq.


Shuningdek Doniyor Ismoilovdan ham umid katta.



Mashg'ulotlarda asosiy e'tibor jismoniy holatni tiklashga qaratilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Турон" матбуот хизмати