Turkiya. "Istanbul Bashakshehir" Shomurodovning goli evaziga g'alaba qozondi

Mirjalol Normatov
1 noya 2025, 00:05
Turkiya chempionatining 11-turi doirasidagi "Istanbul Bashakshehir" - "Kojalispor" bahsi yakuniga etdi.

Unda istanbulliklar 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona golni 90+1-daqiqada Eldor Shomurodov penaltidan kiritdi. Shu orqali "Bashakshehir" mavsumdagi 3-g'alabasini qayd etdi. Jamoa 13 ochko to'plagan holda 9-o'rinni egallab turibdi.




TURKIYA CHEMPIONATI JADVALI

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia