Turkiya grandi Shomurodovga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2022
"Roma" va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Galatasaroy" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Turkiya OAVga ko'ra, Shomurodovga "Galatasaroy" tomonidan qiziqish mavjud. "Fanatik" portalining yozishicha, "Galatasaroy" transfer ehtimoli xususida ma'lumot so'ragan. 

Turkiya klubi direktori Jenk Ergyun yaqin kunlarda "Roma" rahbariyati bilan uchrashib, ushbu transferni muhokama qiladi. 

Aytishlaricha, tomonlar futbolchining ijara masalasini ko'rib chiqadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fanatik