Turkiya chempionati o'yinlari ko'mir konida halok bo'lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022, 15:44
Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiya chempionatining 10-tur uchrashuvlari Bartin viloyatidagi ko'mir konida sodir bo'lgan avariya qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan start oladi.

"15, 16 va 17 oktyabr kunlari barcha professional va havaskor futbol musobaqalarida ko'mir konida vafot etganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi", – deyiladi xabarda.

Juma kuni ko'mir konida 300 metr chuqurlikda portlash sodir bo'ldi. 15 oktyabr kuni Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu portlashda kamida 40 kishi halok bo'lganini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tff.org