"Tottenxem"ni tark etishi aniq bo'lib ulgurgan Rouzga qaysi grand klub qiziqayotganini bilasizmi?

18 iyul 2019, 20:55
"Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Angliyalik futbolchiga PSJ jamoasi jiddiy qiziqmoqda. Sky Sports News nashrining ma'lumotiga ko'ra, lodonliklar 29 yoshli himoyachi uchun 20 mln. funt so'rashmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Rouz 2007 yili 17 yoshida "Lids"dan "Tottenxem" klubiga 1 mln. funt evaziga ko'chib o'tgandi. Unga hozirda Bundesliga vakili "Shalke" jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com