"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2021, 20:49
"Bolonya" markaziy himoyachisi Takexiro Tomiyasu faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Londonning "Tottenxem" klubi 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha deyarli kelishuvga erishdi.

Aytilishicha, "shporlar" yaponiyalik uchun 17,5 million evro to'lashadi.

Tomiyasu o'tgan mavsumda "Bolonya" uchun 33 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic