“Tottenxem” va MYUdan keyin APLning yana bir klubi koronavirus tufayli mashg'ulotlarni to'xtatdi

Eldor Akmurzayev
13 dek 2021, 09:25
APL 17-turi doirasida seshanba kuni o'tadigan “Manchester Yunayted” – “Brentford” uchrashuvi o'tkazilmasligi mumkin.

Bunga mezbon jamoa a'zolarining koronavirusga topshirgan testlari ijobiy chiqqani sabab bo'lgan.

“Qizil iblislar” ustozi Ralf Rangnik shu tufayli jamoaviy mashg'ulotlarni o'z vaqtida o'tkaza olmadi. COVID-19 bilan kasallanganlarga uyga javob berilgan.

Shu kabi holat “Aston Villa” bilan ham yuz berdi. Klub bugungi mashg'ulotlarni bekor qildi. 

Avvalroq, “Tottenxem”da koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani tufayli jamoaning 12 dekabr kunga belgilangan “Brayton”ga qarshi bahsi, shuningdek, Konferenciyalar Ligasi doirasidagi “Renn” bilan o'yini bekor qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mirror