"Tottenxem" tovon puli 100 million bo'lgan futbolchini sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
29 mar 2018, 20:42
Yarim himoyachi Brunu Fernandesh Lissabonning "Sporting" jamoasini tark etishi mumkin.

Uning xizmatlariga "Tottenxem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Uning "Sporting" bilan tuzgan shartnomasiga ko'ra, tovon puli 100 mln. evro qilib belgilangan. Klub futbolchini bundan pastroq narxga sotishga tayyor bo'lib turibdi.

Biroq transfer yaqinlashib kelayotgan yozda amalga oshmasligi mumkin. Uning shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: abola.pt