“Tottenxem” rahbariyati qishki transferlar uchun qancha mablag' ajratgani ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
1 yanv 2020, 20:25
“Tottenxem” qishki transfer bozori uchun 60 mln. evro ajratdi, dey ma'lum qilgan “Daily Mail”.

Manbaga ko'ra, ushbu summa “Lester” a'zosi Rikardu Pereyra hamda “Yuventus” himoyachisi Merix Demiral bilan kelishuv uchun mo'ljallagan. Shaxsan jamoa ustozi Joze Mourinyu mazkur futbolchilarga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Roma” vingeri Jengiz Under ham portugaliyalik mutaxassisning kuzatuvi ostidaligi aytilgan.

Yarim himoyachilar Yan Vertongen va Kristian Eriksen esa londonliklar safini tark etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail