

“Tottenxem” “Inter” bilan himoyachi Milan Shkrinyar transferi yuzasidan muzokara olib bormoqda. Ma'lum bo'lishicha, “shporlar” slovakiyalik himoyachi uchun 50 mln evro taklif qilgan. Milan London klubi ustozi Joze Mourinyuning asosiy transfer maqsadiga aylangan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, “Inter” himoyachi transferidan 60 mln evro ishlab olmoqchi.
Shkrinyar 2019/20 yilgi mavusm barcha musobaqalar doirasida 42 ta o'yinda qatnashib, 2 ta golli uzatma berdi.



