

27 yoshli hujumchiga eng qo'l sinishi tashhisi qo'yildi. Shu hafta Son operaciyani boshdan o'tkazadi.
"Shporlar"ning xabariga ko'ra, o'yinchi bir necha haftaga safdan chiqqan. Uning tiklanishi uchun 6-8 hafta ketadi.
Oldinroq, "Tottenxem"ning boshqa hujumchisi Xarri Keyn yanvarda operaciya qilingan va shundan so'ng uning apreldan oldin maydonga qaytmasligi ma'lum bo'lgan edi.
"Tottenxem" ertaga Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "RB Leyptsig"ga qarshi ilk o'yinini o'tkazadi.




