"Tottenxem" bir yo'la uch futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 23:44
"Tottenxem" rahbariyati yozgi transferlar oynasi vaqtida bir yo'la uch futbolchini ketkazib yuborishga tayyorlanmoqda.

"SkySports" xabariga ko'ra, "shporlar" yangi mavsumni uch asosiy futbolchisisiz o'tkazishga tayyor. "Tottenxem" Denni Rouz, Tobi Alderveyrld va Mussa Dembele bilan xayrlashishi mumkin. Klub ushbu futbolchilarni transferga qo'ygan.

Belgiyalik himoyachiga "Manchester Yunayted", Dembelega esa "Inter" qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports