"Tottenxem" “Barselona” kuzatib yurgan futbolchini “ilib ketdi”

Khoja
3 fev 2024, 09:30
"Tottenxem" 18 yoshli yarim himoyachi Lukas Bergvallni sotib olganini e'lon qildi.

“Shporlar” shved uchun "Yurgorden"ga 10 million evro bergan. Shartnoma 2029 yilga qadar mo'ljallangan. Biroq yarim himoyachi London jamoasiga yozda kelib, qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” Lukasni ancha vaqtdan beri kuzatib kelgandi. Futbolchi Kataloniya ko'chib o'tishi haqida bir necha bor gapirildi. Biroq so'nggi daqiqalarda Bergvall faoliyatini Londonda davom ettirishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com