"Tottenxem" Argentina terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 13:28
"Tottenxem" Argentina terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.

"Tottenxem" "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Makallisterga qiziqmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, "shporlar" rahbarlari yarim himoyachini kuzatib borishgan va uning o'yini manzur kelgan. "Tottenxem" boshqaruvchi direktori Fabio Paratichi futbolchini sotib olishni maqulladi.

Makallister joriy mavsum "Brayton" tarkibida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 32 million evroga baholamoqda.

Ayni damda xavbek Argentina terma jamoasi bilan birga JCH-2022 finaliga chiqdi. Turnirning final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Fransiyaga qarshi bahs yuritadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun