“Tottenxem” Adama Traoreni qanchaga sotib olishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2022, 08:30
“Tottenxem” hali hamon “Vulverxempton” vingeri Adama Traoreni transfer qilishni o'ylamoqda.

Avvalroq, “bo'rilar” 26 yoshli ispaniyalikni 15 mln funtga sotishdan bosh tortib, 25 mln funt talab qilishgandi.

Sky Sports manbasiga ko'ra, tomonlar kelishishga yaqin va Traore 20 mln funt evaziga “shporlar” safiga o'tishi mumkin.

Adama joriy mavsum APLda 20 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports