Totalizator tufayli Starrij yozga qadar futboldan chetlatildi

Mirjalol Normatov
2 mar 2020, 21:59
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Deniel Starrij 2020 yilning 17 iyuniga qadar futbolga aloqador bo'lgan barcha ishlardan chetlatildi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, u 150 ming funt jarimaga ham tortilgan. Bunga sabab sifatida u futbol stavkalarida qatnashgani keltirildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'zining akasiga qaysi jamoaga o'tishini va bunga pul tikish kerakligini aytgan. "Milan"ga o'tishi kutilayotgan futbolchiga uning akasi "Vest Bromvich"ga o'tishi borasida totalizatorga pul qo'ygan va g'olib bo'lgan.

Shuningdek, Starrij akasiga "Sevilya"ga o'tishi mumkinligini ham ma'lum qilgan. Ushbu gapi uchun u 6 haftaga futboldan chetlatilgandi.

Eslatib o'tamiz, Starrij yaqindagina "Trabzonspor" bilan 3 yillik shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports