

Seminarlar 4 yanvar kuni start olgan bo'lib, olti kun mobaynida davom etadi.
Seminarning ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi texnik direktori hamda bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Shavkat Imomov so'zga chiqib, ilk bora o'tkazilayotgan ushbu kurs darvozabonlar murabbiylari uchun juda muhim ekanini, ushbu sohadagi yangiliklar bilan tanishish, hamda fikr almashishi imkoniyatini yaratishi haqida to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, Imomov seminarlarni olib boruvchi instruktorlar hamda ularga ko'maklashadigan guruh kursning foydali ma'lumotlarga boy bo'lishi va barcha uchun manfaatli bo'lishi yo'lida bor imkoniyatlarini ishga solishini ta'kidladi.
Ushbu o'quv seminarida ishtirokchilari eng kamida “C” licenziyasiga ega bo'lishi va ayni paytda ish faoliyatini davom ettirayotgan bo'lishi lozim.
Level 1 sertifikatini qo'lga kiritgan darvozabonlar murabbiylari, keyinchalik Level 2 va Level 3 darajalari uchun o'qishni davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.



