

Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu uchrashuvni boshqarish to'rt nafar hakamimizning zimmasiga yuklatilgan.
To'rt nafar FIFA hakamimiz - Ahrol Risqullaev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov hamda Rustam Lutfullin OFK tomonidan ushbu uchrashuv uchun jalb etilgan.
Bundan tashqari, dastlabki saralash bosqichidan o'rin olgan “Li Man” – “Bali Yunayted” uchrashuvi uchun hakamlar nazoratchisi sifatida yana bir vakilimiz - Vladislav Seytlin tayinlov olgan.
Vakillarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz!



