Torreyraga A Seriyaning ikki jamoasi da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
2 may 2021, 12:44
"Arsenal" xavbeki Lukas Torreyra yozgi transferlar oynasi vaqtida Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchiga "Milan" va "Napoli" kabi klublar da'vogarlik qilmoqda. Ushbu klublar transfer uchun 20-25 mln evro atrofida mablag' ajratishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ushbu mavsumni "Atletiko" tarkibida ijarada o'tkazayotgan Torreyra LaLiganing 19 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun